Shahar atrofi yo‘nalishlari uchun navbatdagi ochiq elektron tender!

25.04.2025

Hurmatli tadbirkorlar! Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi. Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2025-yil 28-may kuni o‘tkaziladi.

Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2025-yil 27-may kuni soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

Tenderga qo‘yilgan lotlar: (fotoga qarang)

 

YO‘NALISH RAQAMI

YO‘NALISH NOMI

YO‘NALISH TURI

SHAHAR ATROFI YO‘NALISHLI TAKSI YO‘NALISHLARI

SHYT-213

Hazora avtostansiyasi - Pichoqchi qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

SHYT-235

Qo‘shko‘prik mahallasi - Gulobod eko agro logistika bozori

Yo‘nalishli taksi

SHYT-237

Madaniy yurish mahallasi-Hazora avtostansiyasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-244

Urgut avtostansiyasi-O‘roqboyjar qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

SHYT-275

Ziyovuddin shaharchasi-Qirguli mahallasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-277

Hazora avtostansiyasi - Kammuna qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

SHYT-302

Ulus qishlog‘i - Nurobod avtostansiyasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-303

Bulung‘ur avtostansiyasi - Qorakamar qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

SHYT-308

Hazora avtostansiyasi - Juma Temiryo‘l bekati

Yo‘nalishli taksi

SHYT-320

Payariq avtostansiyasi - Oqqo‘rg‘on qishlog’i

Yo‘nalishli taksi

SHYT-321

Chelak shaharchasi - Yangiobod mahallasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-323

Juma avtostansiyasi - Gulobod eko agro logistika bozori

Yo‘nalishli taksi

SHYT-340

Guzalkent qo‘rg‘oni - Hazora avtostansiyasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-374

Ravot qishlog‘i - Siyob avtostansiyasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-375

Xo‘ja qishlog‘i - Urgut avtostansiyasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-387

Nurobod avtostansiyasi - Juma avtostansiyasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-398

Hazora avtostansiyas i- Samarqand tumani markazi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-406

Juma avtostansiyasi - Ilim qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

SHYT-407

Loyish shaharchasi - Yangiravot-1 mahallasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-410

Payariq avtostansiyasi – Chelak shaharchasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-422

Sariqul mahallasi (16 maktab) - Nurobod avtostansiyasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-454

Mani qishlog‘i - Payariq avtostansiyasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-455

G‘allakor mahallasi - Payariq avtostansiyasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-470

Hazora avtostansiyasi - Charhin qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

SHYT-472

Vatak qishlog‘i - Jayratepa qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

SHYT-474

Jartepa qishlog‘i - G‘ijduvon mahallasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-475

Zarafshon qishlog‘i - Juma avtostansiyasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-477

Ishchan qishlog‘i - Siyob avtostansiyasi

Yo‘nalishli taksi

SHYT-497

So‘lim shaharchasi - Hazora avtostansiyasi

Yo‘nalishli taksi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).