Avtomobil transportida yo`lovchilarni litsenziyasiz tashish qonunga xilof!

20.12.2021

Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari Samarqand shahridagi aholi gavjum nuqtalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori yuzasidan tushuntirish - targ‘ibot ishlari olib borishmoqda.

Unda noqonuniy yo‘lovchi tashishning oqibatlari, berilgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda faoliyatni qonuniylashtirish, aholiga transport xizmati ko‘rsatishda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish masalalariga alohida urg‘u berilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Unutmang, avtomobil transportida yo`lovchilarni litsenziyasiz tashish qonunga xilof!

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati