Murojaatda keltirilgan holatlar avtokorxona tomonidan bartaraf etildi

05.09.2022

#Munosabat

Joriy yilning 4-sentabr kuni Samarkand & Самаркандцы telegram guruhida avtobuslarning ichki va tashqi jihatdan eskirib borayotganligi yuzasidan fotomurojaat tarqaldi.

Murojaatda shuningdek, avtobusning o‘rindiqlari tozalanmaganligi ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu holat yuzasidan viloyat transport boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. 71-raqamli “Siyob ABB - So‘g‘diyona istirohat bog‘i” yo‘nalishidagi davlat raqami 30/558 YAA bo‘lgan mazkur avtobus “Samarqand hamkor trans” MCHJga tegishli. Murojaatda keltirilgan holatlar avtokorxona tomonidan bartaraf etildi.

Mazkur holatdagi kamchiliklar bartaraf etildi, lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor. To‘g‘ri, ba’zi avtobuslarda o‘rindiqlar talab darajasida emas. Ular ta’mirlandi va ta’mirlanadi. Biroq, o‘rindiqlarni sindiruvchi, undan sevgi izhorini yozish uchun foydalanuvchi, yoki undagi qoplamalarni yirtuvchilar bilan qanday kurashsak bo‘ladi?

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati