Yo‘l kira narxlarini barqaror saqlash yuzasidan tavsiyalar berildi

19.01.2023

Kattaqo‘rg‘on tumanida aholiga yo‘nalishli taksilarda xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalari haydovchilari o‘rtasida yo‘llarda ehtoyotkorlikni oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Hamkor tashkilotlar ko‘magida tashkil etilgan targ‘ibot ishlari davomida transport vositalarining texnik holatiga jiddiy e’tibor qaratish, yo‘lovchi tashish uchun qo‘yilgan talablar ijrosini ta’minlash, tender talab va shartlariga rioya qilgan holda harakatlanish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tilayapti.

Shuningdek, harakat davomida tezlikni oshirmaslik, yo‘l kira narxlarini barqaror saqlash yuzasidan tavsiyalar berib borilmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati