1132 ta avtotransport vositasi yo‘lovchilar xizmatiga chiqarildi

23.01.2023

Viloyatda aholiga transport xizmatini ko‘rsatishda barqarorlikni ta’minlash, yo‘nalishlarda avtobuslar harakatini tashkil qilish maqsadida bugun, 23-yanvar kuni 1132 ta avtotransport vositasi yo‘lovchilar xizmatiga chiqarildi. Yo‘nalishlardagi transport vositalarining 297 tasi avtobus, 39 tasi mikroavtobus hamda 796 tasi Damas rusumli transport vositalaridir.

Jumladan, Samarqand shahrida yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatishni tashkillashtirish maqsadida 189 ta avtobus yo‘nalishlarga chiqarildi.

Mazkur holatdan kelib chiqib, ba’zi yo‘nalishlardagi avtobuslarning harakatida uzilishlar yoki oraliq intervallarning uzgarishi kuzatiladi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati