1414 TA NOQOQNUNIY YO`LOVCHI TASHISH BILAN SHUG`ULLANUVCHILAR FAOLIYATI QONUNIYLASHTIRILDI


Joriy yilning 1-sentabr holatiga viloyatda 395 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari mavjud. Shundan 345 ta yo‘nalishda 619 ta avtobus va 1802 ta Damas va mikroavtobuslar aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 50 ta yo‘nalish faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan. Buning sababi ushbu yo‘nalishlar past rentabelli yo‘nalish hisoblanib, harakatdagi transport vositalari o‘z sarf-xarajatlarini oqlamaganligi sababli tadbirkorlar tomonidan to‘xtatilgan.
Samarqand shahrida mavjud 61 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlaridan bugungi kunda 49 ta avtobus yo‘nalishlarida 373 ta avtobus va 4 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishida 28 ta mikroavtobuslar xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, qolgan 8 ta avtobus yo‘nalishlari faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan.
2021-yilning 1-sentabr holatiga Samarqand viloyatida 428 ta litsenziat 607 ta litsenziya asosida faoliyat yuritmoqda va ularda jami 8658 ta litsenziyalangan avtotransport vositalari bor. Mavjud litsenziyalangan avtotransport vositalaridan:
694 ta avtobus, shu jumladan 619 tasi muntazam yo‘nalishda, 75 tasi buyurtma asosida (turizm, xizmatchi);
142 ta mikroavtobus, 123 tasi muntazam yo‘nalishda, 19 tasi buyurtma asosida (turizm);
7144 ta yengil avtomobil, shulardan 4968 tasi yo‘nalishsiz taksi, 1660 tasi DAMAS (yo‘nalishli taksi), 476 tasi buyurtma asosida (shartnoma asosida, turizm, xizmatchi va x.k.), 40 nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, yo`lovchilarga transport xizmati ko‘rsatmoqda.
Xalqaro yuk tashuvchi yo‘nalishlarda – 678 ta avtotransport vositalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Joriy yilning 1-sentabriga qadar “Shahar, shahar atrofi va shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi”ning to‘qqiz marotaba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Aholiga qulay bo‘lgan transport yo‘nalishlarini tashkil qilish maqsadida o‘tkazilgan ochiq tenderlarda jami 88 ta yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishlarga 70 ta avtobus hamda 18 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari joylashtirildi. Shundan qishloqlarni tuman markazlari bilan hamda tuman markazlarini viloyat markazlari bilan bog‘laydigan jami 37 ta yangi yo‘nalishlar tashkil qilindi. Jumladan, 25 ta yo‘nalishli taksi va 12 ta avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi.
2021-yil 1-sentabr holatiga viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda 537 marta qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilishi natijasida jami 2188 ta avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish holatlari aniqlangan. Ularga belgilangan tartibda, ya’ni MJtKning 1763 moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli tartibda sudlarga yuborilgan.
Sudlarga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha sudlar tomonidan jami 1 264.4 mln.so‘m jarima jazolari tayinlangan va jarimalar to‘liq undirilgan. Bundan tashqari o‘tkazilgan reydlar davomida noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi transport vositalarining 1414 tasining faoliyati qonuniylashtirildi.