17, 36, 87-sonli avtobuslar harakati bosqichma-bosqich tashkil etiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda 35-sonli yo‘nalishda avtobuslar harakatini tiklash yuzasidan murojaat tarqaldi. Mazkur murojaat yuzasidan Samarqand viloyati transport boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Samarqand shahar, Qorasuv massivini Temiryo‘l vokzali bilan bog‘lovchi 27-raqamli shahar avtobus yo‘nalishi yangi harakat sxemasi asosida qayta tiklanganligi munosabati bilan joriy yilning 23-aprel sanasidan boshlab, 35-sonli avtobus yo‘nalishidagi transport vositalari harakati to‘xatilgan. Mazkur yo‘nalishda harakatlanib kelgan avtobuslar “Marokand Trans 777” MCHJ tomonidan 27-sonli yo‘nalishda tender tanlovi g‘olib bo‘lib, Brutto-shartnomasi tizimida aholiga transport xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahar jamoat transportining yangi tarmog‘ida 35-sonli “Hazora ABB-Obod maskan mahallasi” yo‘nalishida avtobuslar harakati ko‘zda tutilmagan. Murojaatchi yashab turgan hududda bugungi kunda 70-sonli avtobuslar harakati joriy etilgan. Shuningdek, 17, 36, 87-sonli avtobuslar harakati bosqichma-bosqich tashkil etiladi.