17-sonli shahar avtobus yo‘nalishida elektrobuslar harakati qayta tiklandi

Samarqand shahrida aholini transport xizmatini ko‘rsatuvchi 17-sonli “Xishrav” qo‘rg‘oni-M37 avtomobil yo‘li (“Bionur” klinikasi) yo‘nalishida elektrobuslar harakati ayrim sabablarga ko‘ra, to‘xtab qolgandi.
Bugun, 5-faevral sanasidan boshlab mazkur yo‘nalishda transport vositalari harakati qayta tiklandi.
Mazkur yo‘nalish Xishrav qo‘rg‘onidan boshlanib, Samarqand, “Tong (Abdi bobo)”, “Ali Qushchi”, Buyuk ipak yo‘li, “Amir Temur”, “Mahmud Qoshg‘ariy”, “Kurchatov”, Rudakiy, Shohi Zinda, M 37 avtomobil yo‘lida (“Bionur” klinikasi) yo‘nalish yakunlanadi