1–oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni


Eng avvalo, hayot ilmidan saboq bergan, qo‘limizga qalam tutqazib ilm olami sari yetaklagan, kelajak borasidagi tasavvurlarimizga mohirona bezak bera olgan shirinso‘z, qalbidaryo mehribonlarni samimiy muborakbod etamiz. Sizlarning sharofatingiz ila bu kun shu marralarni zabt etdik.
Hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar! Yuksak insoniy fazilatlar sohibi bo‘lmish Sizdek aziz va mo‘’tabar zotlar sha’niga qanchalik go‘zal satrlar bitmaylik, ezgu tilaklar bildirmaylik baribir oldingizdagi qarzdorlik hissi bizni tark etmaydi.
Qadrli Ustozlar! Barchangizni 1 oktabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz. Kelajak avlod tarbiyasi yo‘lida olib borayotgan zahmatli mehnatingiz oldida ta’zimdamiz.
Hurmat bilan I.Xamrayev, Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i