23 ta yangi yo‘nalish ochildi

15.04.2022

Samarqand viloyati Matbuot uyida viloyat transport boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda hududlarda yo‘lovchi tashish transporti tizimini takomillashtirish yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida boshqarma xodimlari hududlarda aholini jamoat transporti bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr yuritildi.

 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.


Mazkur qarorga asosan 2021 yilda Samarqand viloyatida 23 ta yangi yo‘nalish ochildi. Shundan 12 tasi avtobus, jumladan:


215-raqamli “Bolatosh qishlog‘i – Hazora ABB”;
363-raqamli “Shombuloq qishlog‘i – Hazora ABB”;
201-raqamli “Bulung‘ur ABB-Tig‘iriq qishlog‘i””
378-raqamli “Yangijoy mahallasi-Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi”;
535-raqamli “Sarigul qishlog‘i-Qo‘shrabot ABB-Samarqand ABB”;
389-raqamli “Sherqo‘rg‘on-Nogaxon-Jomboy tuman markazi”;
421-raqamli “Urgut ABB-Nisbot-Zambarak qishlog‘i”;
429-raqamli “Urgut ABB-Tegana qishlog‘i”;
1165-raqamli “Zarmitan-Qo‘shrabot-Toshkent”;
249-raqamli “Bulung‘ur ABB-Farmontepa qishlog‘i”;
477-raqamli “Chelak shahri-Buzg‘ovul qishlog‘i”;
26-raqamli “Qorasuv massivi-Ipak yo‘li bozori” yo‘nalishlari bo‘lsa, qolgan 11 tasi mikroavtobus yo‘nalishlaridir.


Shuningdek, qaror ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda mavjud avtobus korxonalari rahbarlariga qarorning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi. Tashuvchi korxonalar tomonidan ko‘rilgan zararni qoplash miqdori hisob-kitob qilinib, viloyat hokimligi va mahalliy Kengash deputatlariga taqdim etildi.
Ko‘rilgan zararni qoplash uchun joriy yilda 2021 yil noyabr oyi uchun 234804.6 ming so‘m, dekabr oyi uchun 102680.0 ming so‘m jami 337484.6 ming so‘m subsidiya mablag‘lari shahar atrofida avtobusda yo‘lovchi tashuvchi avtokorxonalarga to‘lab berildi.


2022 - 2023 yillarda viloyatdagi tashuvchilarning harakat tarkibini avtobus va mikroavtobuslar bilan to‘ldirish talabi aniqlanib, korxonalar kesimida tarmoq jadvali ishlab chiqildi. Tarmoq jadvaliga asosan 2022-2023 yillarda jami 413 ta avtobus va mikroavtobus sotib oladigan korxonalar aniqlandi. Jumladan, 2022 yilda 238 ta, 2023 yilda 175 ta.


Shuningdek, matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ayniqsa, Samarqand shahrida jamoat transportini rivojlantirish borasida rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar xususida ko‘plab savollarga boshqarma mas’ullari javob berishdi.


Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati