2023-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yurtimizda “yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda

Havo sovib borgan sayin isitish moslamalariga ehtiyoj ortib boradi. Shu davrda yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanish hajmi keskin oshgani sababli joylarda ehtiyot choralariga amal qilmaslik holatlari ko‘p uchraydi. Isitish muammosi bilan bog‘liq fojealarning tez-tez sodir bo‘lishi sababli qish fasli yilning eng tashvishli mavsum hisoblanadi.
Viloyat transport boshqarmasida Samarqand viloyati FVB xodimlari tomonidan "Yong‘in xavfsizligi oyligi'' doirasida ko‘rgazmali-seminar tashkil qilindi. Unda xodimlar o‘rtasidaga is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish hamda yuzaga kelganda to‘g‘ri harakatlanish borasida keng tushunchalar berildi.
Tadbirning amaliy qismidaxodimlar yong‘in o‘chirish, qutqaruv mashinalari, undagi zarur asbob-anjomlar haqida mutaxassislardan kerakli ma’lumotlarni olishdi.