219-raqamli «Nush - Tut - Shohi Zinda ABB» yo‘nalishi qayta tiklandi

Bundan yarim yil muqaddam, aniq qilib aytadigan bo‘lsak 2022-yilning mart oyiga qadar Jomboy tumanining No‘sh mahallasi aholisi jamoat transportidan foydalanar edi. Biroq, joriy yil mart oyidan boshlab hududni Samarqand shahri bilan bog‘lovchi yo‘nalishdagi avtobuslar harakati to‘xtab qolgandi. Buning oqibatida yo‘l kira narxlari sezilarli darajada oshib borganligini aholining murojaatlaridan bilib olish mumkin.
Viloyat transport boshqarmasi tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yo‘nalish qayta tiklandi.
Bugungi kunda “Bulung‘ur avtoyo‘lovchitrans” MChJ rahbariyati 219-raqamli «Nush - Tut - Shohi Zinda ABB» yo‘nalishida 2 dona Isuzu rusumli avtobuslar aholiga transport xizmati ko‘rsatmoqda. Yo‘lovchilar oqimiga qarab avtobuslar soni oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalish Jomboy tumanidagi No‘sh, To‘qqizboy, Tut mahallalarini Samarqand shahri bilan bog‘laydi. Yo‘nalishdagi avtobuslar harakati Samarqand shahridagi Siyob bozori orqali Shohi Zinda avtoboshbekatida yakunlanadi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati