Noqonuniy faoliyat olib borish qonun talablariga zid ekanligini unutmang!

Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalarining texnik va sanitar holati, haydovchilarning kiyinish hamda muomala madaniyati, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini o‘rganish, noqonuniy yo‘lovchi tashish holatlarini aniqlash maqsadida Transport boshqarmasi hamda IIB YHXB inspektorlari hamkorlikda qo‘shma reyd tadbirlari olib borishmoqda.
Unda yo‘lovchi tashishga qo‘yilgan talablarning ijrosini nazorat qilish bilan birgalikda haydovchilarga yo‘l-harakati qoidalariga qat’iy rioya etish, avtotransport vositalarini texnik soz holatda boshqarish, yo‘lovchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik lozimligi tushuntirilayotir.
Texnik talablarga javob bermagan, yo`lovchi tashish uchun maxsus litsenziyaga ega bo`lmagan avtotransport vositalari egalariga boyonnoma rasmiylashtirilib, avtomobillar vaqtincha saqlash maydonlariga qo`lmoqda.
Hurmatli haydovchilar! Noqonuniy faoliyat olib borish qonun talablariga zid ekanligini unutmang!
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati