Maxsus litsenziyaga ega bo`lmasdan yo`lovchi tashish qonunga xilofdir


Samarqand viloyat transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXB inspektorlari tomonidan noqonuniy yo'lovchi tashishning oldini olish maqsadida viloyat miqyosida reyd tadbirlari olib borilmoqda. Reyd davomida aniqlangan maxsus litsenziyasizga ega bo`lmasdan yo'lovchi tashish holatlari aniqlanganda bayonnomalar rasmiylashtirilib, haydovchilarga faoliyatini qonuniylashtirish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Qo'shma reyd tadbirlari davomida avtomobil transportida yo'lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug'ullanish holatlari aniqlangan holatlarda belgilangan tartibda MJtKning tegishli moddalariga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko'rish uchun tegishli ma'muriy sudlarga yuborilmoqda.
Hurmatli haydovchilar! Noqonuniy faoliyat olib borish qonun talablariga zid ekanligini unutmang!
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati