LITSENZIYASIZ FAOLIYAT - QONUNGA XILOF!


Hukumatimiz tomonidan yo‘lovchi tashish sohasini soddalashtirish bo‘yicha bir muncha yengilliklar yaratildi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori fikrimiz isbotidir. Biroq, yo‘lovchi tashish sohasida hali-hanuz faoliyatini qonuniylashtirishdan bo‘yin tovlayotganlar uchramoqda.
Samarqand viloyat transport boshqarmasi avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat qilish bo‘limi hamda viloyat IIB YHXB inspektorlari hamkorlikda noqonuniy yo‘lovchi tashishning oldini olish maqsadida viloyat miqyosida reyd tadbirlari o‘tkazishmoqda. Reyd davomida aniqlangan litsenziyasiz yo‘lovchi tashish holatlari yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, haydovchilarga faoliyatini qonuniylashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Qo‘shma reyd tadbirlari davomida avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish holatlari aniqlangan holatlarda belgilangan tartibda MJtKning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli ma’muriy sudlarga yuborilmoqda.
Hurmatli haydovchilar! Noqonuniy faoliyat olib borish qonun talablariga zid ekanligini unutmang!
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati