Yo`nalishli taksilar faoliyati nazoratda

Aholining talab va takliflaridan kelib chiqib hamda chekka hududlarni jamoat transporti bilan ta’minlash maqsadida yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilgan. Birof, ba’zi hududlarda yo‘nalish jadvalidan chiqish yoki noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanish holatlari uchramoqda.
Jamoat transportida xizmat sifatini yaxshilash, avtotransport vositalarini belgilangan tartib darajasida bo‘lishini ta’minlash maqsadida transport boshqarmasi hamda IIB YHXB xodimlari tomonidan viloyat miqyosida noqonuniy yo‘lovchi tashishni oldini olish hamda yo‘nalishli taksi (Damas, Mikroavtobus) larda tender talab va shartlariga amal qilinishi yuzasidan nazorat tadbiri davom ettirilmoqda.
Unda avtotransport vositalarining texnik jihatlari, sanitariya me’yorlariga mos kelishi, tibbiy va texnik ko‘rikdan o‘tganligini tasdiqlovchi yo‘l varaqasining mavjudligi, yo‘nalish sxemasi ko‘zdan kechirilmoqda. Ayniqsa, haydovchi va yo‘lovchilarning karantin qoidalariga rioya qilishi jiddiy nazorat ostiga olingan.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati