Xizmat sifatini oshirish yo`lida...


Yo‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topish hamda jamoat transportida xizmat sifatini oshirishi maqsadida transport boshqarmasi xodimlari viloyatda mavjud avtokorxonalarda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borishmoqda.
Xususan, “Suxrobtransservis XATU” MChJda boshqarmaning “Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat qilish bo‘limi” xodimlari korxonaning rahbarlari hamda 64-shahar avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi avtobuslar haydovchilari o`rtasida kelib tushayotgan murojaatlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Muhokama chog‘ida yo‘lovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘luvchi omillarga chek qo‘yish, jamoat transportida sifat darajasini oshirish zarur ekanligi ta’kidlandi.
Shu bilan birgalikda kasb etikasi, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, yo‘lovchilar bilan aloqaga kirishishda xushmuomalada bo‘lish, qaytimlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq qaytarish, “Tezcard” elektron to‘lov tizimi bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati