Tashuvlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun nazorat tadbirlari

07.01.2022

Viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarni texnik va sanitar tomonlarini o‘rganish maqsadida viloyat transport boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri olib borilayapti.

Unda inspektorlar tashuvchilar tomonidan litsenziya talab va shartlariga amal qilishi, tender kontrakti talablarining bajarishlari nazoratga olingan. Avtobuslarda taxograf, tender guvohnomasi, litsenziya varaqasi mavjudligiga, yo‘lga chiqishdan oldin avtotransport vositasi texnik holati yuzasidan ko‘rikdan o‘tganligi va haydovchining tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi yuzasidan qaydlar mavjudligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, nazorat davomida boshqarma xodimlari yo‘lovchilar bilan bevosita suhbat qilib, tashuvlar yuzasidan ularning fikri bilan qiziqishmoqda.

Haydovchilarga yo`l harakati qoidalariga qat`iy amal qilish, asossiz ravishda yo`l kira narxlarini oshirmaslik bo`yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati transporti boshqarmasi axborot xizmati