Tashuvlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun nazorat tadbirlari

Viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarni texnik va sanitar tomonlarini o‘rganish maqsadida viloyat transport boshqarmasi hamda IIB YHXB tomonidan “Yuqori nuqta” yo‘l patrul xizmati maskanida qo‘shma reyd tadbiri olib borildi.
Qo‘shma-reyd tadbirlarida inspektorlar tomonidan tashuvchilar tomonidan litsenziya talab va shartlari ijrosi, tender kontrakti talablarining bajarishlari nazoratga olingan. Avtobuslarda taxograf, tender guvohnomasi, litsenziya varaqasi mavjudligiga, yo‘lga chiqishdan oldin avtotransport vositasi texnik holati yuzasidan ko‘rikdan o‘tganligi va haydovchining tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi yuzasidan qaydlar mavjudligiga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, nazorat davomida boshqarma xodimlari yo‘lovchilar bilan bevosita suhbat qilib, tashuvlar yuzasidan ularning fikri bilan qiziqishdi.
Qo‘shma-reyd tadbirlari davomida litsenziya talab va shartlarini bajarmaslik holatlari aniqlanganda “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida tekshirishlar o‘tkazish borasidagi faoliyatiga “xavfni tahlil etish” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqib, tegishli tartibda ma’lumotnomalar rasmiylashtirildi.
Samarqand viloyati transporti boshqarmasi axborot xizmati