YO‘LOVCHI TASHISH SOHASIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANISH ISTAGIDA BO‘LGAN YURIDIK SHAXSLAR DIQQATIGA!

04.04.2022

2022-yil 6-mayda Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TЕNDЕR o`tkaziladi. Unda quyidagi yo‘nalishlar qo‘yilgan:

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

 

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari

1.

SHAY-227

“Mirbozor ABB – Eshonqara qishlog‘i”

Avtobus

 

2.

SHAY-235

“Chelak-Obolin qishlog‘i”

Avtobus

 

3.

SHAY-253

“Kattaqo‘rg‘on ABB – Burgan qishlog‘i”

Avtobus

 

4.

SHAY-257

“Mirbozor ABB-Guliston mahallasi”

Avtobus

 

5.

SHAY-261

“Bulung‘ur ABB-Kattaqishloq qishlog‘i”

Avtobus

 

6.

SHAY-402

“Temiryo‘l vokzali-Imom Al Buxoriy majmuasi”

Avtobus

 

7.

VX-510

“Sazag‘on qishlog‘i-Nurobod ABB”

Avtobus

 

8.

VX-520

“Hazora ABB-Ulus qishlog‘i”

Avtobus

 

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishi

1.

SHYT-234

“Zarafshon qishlog‘i-Siyob ABB”

Yo‘nalishli taksi

 

2

SHYT-237

“Madaniy yurish mahallasi-Hazora ABB”

Yo‘nalishli taksi

 

3

SHYT-302

“Ulus qishlog‘i-Nurobod ABB”

Yo‘nalishli taksi

 

4

SHYT-422

“Sariqul mahallasi (16-maktab)-Nurobod ABB”

Yo‘nalishli taksi

 

5

SHYT-486

“Zahlik mahallasi-Samarqand tuman markazi”

Yo‘nalishli taksi

 

6

SHYT-491

“Mirishkor mahallasi-Samarqand tuman markazi”

Yo‘nalishli taksi

 

Shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishli taksi yo‘nalishi

1

VXYT-538

“Jom qishlog‘i-Xo`ja Ahrori Vali ziyoratgohi”

Yo‘nalishli taksi

 

Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga ruxsat beriladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi.

Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (81 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) amalga oshirib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Eslatma: Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Samarqand viloyatida tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234)

Samarqand viloyati transport Axborot xizmati