Noqonuniy faoliyat olib borish qonun talablariga zid ekanligini unutmang!

Samarqand viloyati transport boshqarmasi hamda IIB YHXB inspektorlari hamkorlikda noqonuniy yo‘lovchi tashishning oldini olish maqsadida viloyat miqyosida qo‘shma reyd tadbirlari olib borishmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad Qonun talablariga zid ravishda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanib kelayotgan haydovchilarning faoliyatini qonuniylashtirishdan iborat.
Hurmatli haydovchilar! Noqonuniy faoliyat olib borish qonun talablariga zid ekanligini unutmang!
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati