Yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yurituvchi va ishlash istagida bo`lgan tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga!

2022-yil 27-iyun kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TЕNDЕR o‘tkaziladi.
Ushbu Ochiq tenderda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklif berishingiz mumkin:
№ |
Yo‘nalish raqami |
Yo‘nalish nomi |
Yo‘nalish turi |
Shahar avtobus yo`nalishlari |
|||
1 |
SHA 1 |
Temiryo‘l ABB - Konigul qishlog‘i |
Avtobus |
2 |
SHA 9 |
Ipak yo‘li bozori - Gulobod qo‘rg‘oni |
Avtobus |
3 |
SHA 20 |
Temiryo‘l ABB - Sho‘rboyi mahallasi |
Avtobus |
4 |
SHA 24 |
Hazora ABB - Dashti So‘xta qishlog‘i |
Avtobus |
5 |
SHA 27 |
Temiryo‘l ABB - Obod maskan mahallasi |
Avtobus |
6 |
SHA 44 |
Sattepo maskani - Siyob ABB |
Avtobus |
7 |
SHA 51 |
Sattepo maskani - Samarqand ABB |
Avtobus |
8 |
SHA 52 |
So‘g‘diyona maskani - Samarqand ABB |
Avtobus |
9 |
SHA 73 |
Temiryo‘l ABB - Siyob ABB |
Avtobus |
10 |
SHA 256 |
Hazora ABB - Shirin qo‘rg‘oni |
Avtobus |
Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari |
|||
1 |
SHAY-227 |
Mirbozor ABB – Eshonqara qishlog‘i |
Avtobus |
2 |
SHAY-235 |
Chelak – Obolin qishlog‘i |
Avtobus |
3 |
SHAY-253 |
Kattaqo‘rg‘on ABB - Burgan qishlog‘i |
Avtobus |
4 |
SHAY-257 |
Mirbozor ABB - Guliston mahallasi |
Avtobus |
5 |
SHAY-261 |
Bulung‘ur ABB - Kattaqishloq qishlog‘i |
Avtobus |
6 |
SHAY 402 |
Temiryo‘l ABB - Imom Al Buxoriy majmuasi |
Avtobus |
7 |
VХ-510 |
Sazag‘on qishlog‘I - Nurobod ABB |
Avtobus |
8 |
VХ-538 |
Shohi Zinda ABB - Jom qishlog‘i |
Avtobus |
Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishi |
|||
1 |
SHYT-213 |
Hazora ABB - Charxin suv chiqarish joyi |
Yo‘nalishli taksi |
2 |
SHYT-250 |
Angarolmas mahallasi - Kimyo zavodi |
Yo‘nalishli taksi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilangan talablarga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:
- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (81 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.
Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Viloyatda tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).
Samarqand viloyati transport Axborot xizmat