DIQQAT! TRANSPORT SOHASIDA FAOLIYAT YURITISH ISTAGIDA BO‘LGAN TADBIRKORLIK SUB’EKTLARI UCHUN MUHIM YANGILIK!

27.06.2022

2022-yil 29-iyul kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzdaOCHIQ TЕNDЕRO‘TKAZILADI. Ushbu OCHIQ TЕNDЕR tanlovida quyidagi yo‘nalishlarga taklif berishungiz mumkin.

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

SHahar avtobus yo‘nalishlari

1

SHA-26

“Qorasuv massivi-Ipak yo‘li bozori”

Avtobus

2

SHA-14

“Xalqlar do‘stligi mahallasi - Siyob ABB”

Avtobus

3

SHA-18

“So‘g‘diyona maskani – Zarafshon mahallasi”

Avtobus

4

SHA-30

“Sattepo maskani – Yangiobod mahallasi”

Avtobus

5

SHA-50

“Gulobod qo‘rg‘oni – Zafarobod mahallasi”

Avtobus

6

SHA-54

“So‘g‘diyona  maskani – O‘rmon xo‘jaligi”

Avtobus

7

SHA-58

“Navbog‘chiyon mahallasi – Hazora ABB”

Avtobus

8

SHA-60

“Sattepo maskani – Samarqand ABB”

Avtobus

9

SHA-61

“Ko‘z kasalliklar shifoxonasi – Hazora ABB”

Avtobus

10

SHA-67

“Yangihayot mahallasi – Ipak yo‘li bozori”

Avtobus

11

SHA-72

“Temiryo‘l ABB – Qo‘shtamg‘ali mahallasi”

Avtobus

12

SHA-101

“Navobod mahallasi – Ipak yo‘li bozori”

Avtobus

SHahar atrofi avtobus yo‘nalishlari

1

SHAY-274

“Mitan ABB-Ishtixon shahri-tuman IIB YHXB”

Avtobus

2

SHAY-275

“Mitan qo‘rg‘oni-Kulchara mahallasi-Qayirma qishlog‘i”

Avtobus

3

SHAY-279

“Bulung‘ur ABB-Mingtepa mahallasi (Do‘stlik j/x)”

Avtobus

4

SHAY-304

“Mitan qo‘rg‘oni-Zarband qishlog‘i”

Avtobus

5

SHAY-313

“Payshanba ABB-Kadan qo‘rg‘oni-Tasmachi mahallasi”

Avtobus

6

SHAY-242

“Qoratepa MFY – Siyob ABB”

Avtobus

7

SHAY-312

“Juma ABB-Temiryo‘l qishlog‘i (Oshiqota ziyoratgohi)”

Avtobus

8

SHAY-410

“Juma ABB-Ilm mahallasi”

Avtobus

SHahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishi

1

SHYT-207

“Siyob ABB-Davlatobod qishlog‘i”

Yo‘nalishli taksi

2

SHYT-208

“Hazora ABB-O‘zbekiston j/x”

Yo‘nalishli taksi

3

SHYT-218

“Qo‘shrabot ABB-Jo‘sh qishlog‘i”

Yo‘nalishli taksi

4

SHYT-287

“Chortut mahallasi-Gulobod Eko Agrologistika bozori”

Yo‘nalishli taksi

5

SHYT-308

“Hazora ABB-Juma temiryo‘l bekati”

Yo‘nalishli taksi

6

SHYT-377

“Siyob ABB-Urgut ABB”

Yo‘nalishli taksi

7

SHYT-390

“G‘o‘bdin qishlog‘i-Bulung‘ur ABB”

Yo‘nalishli taksi

8

SHYT-399

“Qoraguppa qishlog‘i-Juma ABB”

Yo‘nalishli taksi

SHaharlararo viloyat ichki avtobus yo‘nalishi

1

VX-514

“Kattaqo‘rg‘on ABB-Tim qishlog‘i”

Avtobus

2

VX-537

“Pangat qishlog‘i-Samarqand ABB”

Avtobus

3

VX-542

“Kuvkalla qishlog‘i - Mitan - Samarqand ABB”

Avtobus

SHaharlararo viloyat ichki yo‘nalishli taksi yo‘nalishi

1

VXYT-524

“Nurobod ABB-Hazora ABB”

Yo‘nalishli taksi

2

VXYT-529

“Hazora ABB-Mirbozor ABB”

Yo‘nalishli taksi

3

VXYT-553E

“SHohi Zinda ABB-Ishtixon shahri”

Yo‘nalishli taksi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (90 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Samarqand viloyati hududida tenderlarni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00(234).

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati