LITSЕNZIYALASH MASALALARI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA

05.07.2022

2022-yilning 1-iyul holatiga Samarqand viloyatida 985 ta litsenziat 1051 ta litsenziya asosida faoliyat yuritmoqda va ularda jami 10917 ta litsenziyalangan avtotransport vositalari bor.

Mavjud litsenziyalangan avtotransport vositalaridan - 764 ta avtobus, 166 ta mikroavtobus, 9094 ta yengil avtomobil, shulardan 6437 tasi yo‘nalishsiz taksi, 565 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 5108-sonli qarori asosida yakka tartibda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslar, 2092 tasi DAMAS (yo‘nalishli taksi) rusumli transport vositalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Xalqaro yuk tashuvchi yo‘nalishlarda – 893 ta avtotransport vositalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati