LITSЕNZIYALASH MASALALARI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA

01.08.2022

2022-yilning 1-avgust holatiga Samarqand viloyatida 1003 ta litsenziat 1068 ta litsenziya asosida faoliyat yuritmoqda va ularda jami 10351 ta litsenziyalangan avtotransport vositalari bor.

Mavjud litsenziyalangan avtotransport vositalaridan - 750 ta avtobus, 170 ta mikroavtobus, 8539 ta yengil avtomobil, shulardan 6040 tasi yo‘nalishsiz taksi, 586 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 5108-sonli qarori asosida yakka tartibda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslar, 1913 tasi DAMAS (yo‘nalishli taksi) rusumli transport vositalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Xalqaro yuk tashuvchi yo‘nalishlarda – 892 ta avtotransport vositalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati