YO‘LOVCHI TASHISH SOHASIDA OCHIQ TENDER TANLOVIGA MARHAMAT!

2023-yil 23-yanvar kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TЕNDЕR o‘tkaziladi.
Ushbu Ochiq tenderda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklif berishingiz mumkin:
№ |
Yo‘nalish raqami |
Yo‘nalish nomi |
Yo‘nalish turi |
Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari |
|||
1 |
SHAY - 202 |
Kattaqo‘rg‘on ABB – Oqtosh shahri |
Avtobus |
2 |
SHAY - 211 |
Mirbozor ABB - Yulduz mahallasi (Narpay tumani) |
Avtobus |
3 |
SHAY - 218 |
Mirbozor ABB - Mushkent qishlog‘i (Narpay tumani) |
Avtobus |
4 |
SHAY - 224 |
Shohi Zinda ABB - So‘qmon mahallasi (Jomboy tumani) |
Avtobus |
5 |
SHAY - 243 |
Urgut ABB - Chep qishlog‘i |
Avtobus |
6 |
SHAY - 244 |
Urgut ABB - O‘roqboyjar mahallasi |
Avtobus |
7 |
SHAY - 251 |
Mirbozor ABB - Daraytut qishlog‘i (Narpay tumani) |
Avtobus |
8 |
SHAY - 267 |
Urgut AYX - Omonqo‘ton mahallasi |
Avtobus |
9 |
SHAY - 310 |
Hazora ABB - Juma ABB |
Avtobus |
10 |
SHAY - 310E |
Hazora ABB - Juma ABB |
Avtobus |
11 |
SHAY - 311 |
Juma ABB - Guliston mahallasi |
Avtobus |
12 |
SHAY - 322 |
Shohi Zinda ABB - Xitoy mahallasi (Jomboy tumani) |
Avtobus |
13 |
SHAY - 347 |
Urgut AYX - Xo‘jayduq mahallasi |
Avtobus |
14 |
SHAY - 352 |
Juma ABB - Do‘stmon mahallasi (Nurobod tumani) |
Avtobus |
15 |
SHAY - 353 |
Jomboy tuman gaz - Shohi Zinda ABB |
Avtobus |
16 |
SHAY - 365 |
Shohi Zinda ABB - Amir Temur mahallasi |
Avtobus |
17 |
SHAY - 367 |
Shohi Zinda ABB - “Shayman” dehqon bozori |
Avtobus |
18 |
SHAY - 372 |
Juma ABB - Yangiqishloq qishlog‘i |
Avtobus |
19 |
SHAY - 379 |
Juma ABB - Oqsoy qishlog‘i (Nurobod tumani) |
Avtobus |
20 |
SHAY - 380 |
Urgut ABB - Sarbozor mahallasi |
Avtobus |
21 |
SHAY - 393 |
Shohi Zinda ABB - Yangiyo‘l mahallasi (Jomboy tumani) |
Avtobus |
22 |
SHAY - 395 |
Shohi Zinda ABB - Qoramo‘yin qishlog‘i |
Avtobus |
23 |
SHAY - 400 |
Urgut ABB - Jartepa qo‘rg‘oni |
Avtobus |
24 |
SHAY - 401 |
Urgut ABB - Mo‘minobod qishlog‘i |
Avtobus |
25 |
SHAY - 414 |
Urgut ABB - To‘rtko‘l qishlog‘i |
Avtobus |
26 |
SHAY - 419 |
Quyiqishloq qishlog‘i - Urgut ABB |
Avtobus |
27 |
SHAY - 466 |
Juma ABB - Jom qishlog‘i (Nurobod tumani) |
Avtobus |
Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari |
|||
1 |
SHYT - 316b |
Shohi Zinda ABB - Bulung‘ur ABB |
Yo’nalishli taksi |
2 |
SHYT - 340 |
Hazora ABB - Go‘zalkent qo‘rg‘oni |
Yo’nalishli taksi |
3 |
SHYT - 353 |
Jomboy shahri – Shohi ZindaABB |
Yo’nalishli taksi |
Shaharlararo viloyat ichki avtobus yo‘nalishlari |
|||
1 |
VH - 501 |
Hazora ABB - O‘rtabo‘z qishlog‘i (Nurobod tumani) |
Avtobus |
2 |
VH - 502 |
Hazora ABB - Olg‘a qishlog‘i (Nurobod tumani) |
Avtobus |
3 |
VH - 505 |
Oqtosh shahri - Sahoba qishlog‘i (Nurobod tumani) |
Avtobus |
4 |
VH - 507 |
Oqtosh shahri - Ag‘ron qishlog‘i (Nurobod tumani) |
Avtobus |
5 |
VH - 517 |
Hazora ABB - Kattaqo‘rg‘on ABB |
Avtobus |
6 |
VH - 529 |
Hazora ABB - Mirbozor ABB |
Avtobus |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilangan talablarga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:
- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (90 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.
Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Viloyatda tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).
Samarqand viloyati transport Axborot xizmat