DIQQAT, E’LON! YO‘LOVCHI TASHISH SOHASIDA FAOLIYAT YURITMOQCHIMISIZ? UNDA, BU IMKONIYAT SIZ UCHUN!

DIQQAT, E’LON!
2023-yil 10-oktabr kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TЕNDЕR o‘tkaziladi.
Ushbu Ochiq tenderda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklif berishingiz mumkin: (yo‘nalish fotoda)
№ |
Yo‘nalish raqami |
Yo‘nalish nomi |
Yo‘nalish turi |
Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari |
|||
1 |
SHAY-218 |
Mirbozor ABB-Mushkent qishlog‘i |
Avtobus |
2 |
SHAY-220 |
Bulung‘ur elektr tarmoqlari - Sariqipchoq qishlog‘i (10-maktab) |
Avtobus |
3 |
SHAY-224 |
Shohi Zinda ABB-So‘xmon qishlog‘i (Jomboy tumani) |
Avtobus |
4 |
SHAY-238 |
Bulung‘ur ABB-Kaltepa mahallasi |
Avtobus |
5 |
SHAY-269 |
Mirbozor ABB-Do‘rmon mahallasi |
Avtobus |
6 |
SHAY-316 |
Bulung‘ur ABB-Shohi Zinda ABB |
Avtobus |
7 |
SHAY-325 |
Juma ABB-Parchaqora qishlog‘i |
Avtobus |
8 |
SHAY-358 |
Juma ABB-Qorasuv qishlog‘i |
Avtobus |
9 |
SHAY-395 |
Shohi Zinda ABB-Qoramo‘yin qishlog‘i (Jomboy tumani) |
Avtobus |
10 |
SHAY-407 |
Urgut ABB-Beshkapa qishlog‘i |
Avtobus |
Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari |
|||
1. |
SHYT-223 |
Maroqand neft ombori (Pastdarg‘om tumani) - Hazora ABB |
Yo‘nalishli taksi |
2. |
SHYT-267 |
Urgut yuqori masjit - Qizilbosh qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
3. |
SHYT-284 |
Hazora ABB - Boltali qishlog‘i (Pastdarg‘om tumani) |
Yo‘nalishli taksi |
4. |
SHYT-318 |
Bulung‘ur ABB - Kildon qo‘rg‘oni |
Yo‘nalishli taksi |
5. |
SHYT-358 |
Juma ABB-Qorasuv qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
6. |
SHYT-360 |
Juma ABB– Zormon qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
7. |
SHYT-376 |
Siyob ABB – Butboy qishlog‘i (Toyloq tumani) |
Yo‘nalishli taksi |
8. |
SHYT-387 |
Juma ABB – Nurobod ABB |
Yo‘nalishli taksi |
9. |
SHYT-403 |
Hazora ABB-Qorag‘uppa qishlogi (Pastdarg‘om tumani) |
Yo‘nalishli taksi |
10. |
SHYT-406 |
Juma ABB-Ilim qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
11. |
SHYT-416 |
Ulug‘bek rasadxonasi - Urgut ABB |
Yo‘nalishli taksi |
12. |
SHYT-429 |
Urgut ABB - Teganabegim qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
13. |
SHYT-433 |
Shohi Zinda ABB - Qorateri qishlog‘i |
Yo‘nalishli taksi |
14. |
SHYT-447 |
Urgut ABB-Xalqobod qishlog‘i-Siyob ABB |
Yo‘nalishli taksi |
15. |
SHYT-461 |
Siyob ABB-Navoiy qishlog‘i (Urgut tumani) |
Yo‘nalishli taksi |
|
|
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlari |
|
1 |
VH - 537 |
Pangat qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani)-Samarqand ABB |
Avtobus |
2 |
VH - 542 |
Kuvkalla qishlog‘i (Qo‘shrabot tumani)-Samarqand ABB |
Avtobus |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarorida belgilangan talablarga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:
- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (99 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.
Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Viloyatda tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234)