Navbatdagi ochiq tenderga marhamat!

20.09.2023

Samarqand viloyati hududidagi shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

 Samarqand viloyati hududidagi shahar atrofi avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari bo‘yicha navbatdagi ochiq tender joriy yilning 25-oktabr kuni soat 17.00da bo‘lib o‘tadi.

 Tenderga qo‘yilgan lotlar:

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishi

1.

SHAY-369

Payariq ABB – Nakurt  mahallasi

Avtobus

Shaharlararo viloyat ichki avtobus yo‘nalishi

2.

VH-515

Shohi Zinda ABB - Mirbozor ABB

Avtobus

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

1. 

SHYT- 324

Agromir kolleji - Sattepo maskani

Yo‘nalishli taksi

2. 

SHYT- 367

Payariq ABB - Baliqchilik mahallasi

Yo‘nalishli taksi

3. 

SHYT- 368

Payariq ABB - Vali qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

4. 

SHYT- 369

Payariq ABB - Xalqobod qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

5. 

SHYT- 370

Payariq ABB - Qo‘shrabot ABB

Yo‘nalishli taksi

6. 

SHYT- 378

Samarqand tuman shifoxonasi-Navro‘z qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

7. 

SHYT- 382

Nurobod ABB - Tuman tibbiyot birlashmasi

Yo‘nalishli taksi

8. 

SHYT- 391

Ishtixon ABB - Guzon qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

9. 

SHYT- 392

Ishtixon ABB - Kerait qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

10. 

SHYT- 393

Payshanba ABB - Ishtixon shahri

Yo‘nalishli taksi

11. 

SHYT- 413

Urgut ABB - Qo‘zibek qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

12. 

SHYT- 414

Urgut ABB - G‘o‘s qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

13. 

SHYT- 420

Payariq ABB - Dehqonobod mahallasi

Yo‘nalishli taksi

14. 

SHYT- 421

Urgut yuqori masjid - Ibn Sino j/x

Yo‘nalishli taksi

15. 

SHYT- 423

Nurobod ABB - Kattaqo‘rg‘on ABB

Yo‘nalishli taksi

16. 

SHYT- 448

Navro‘z mahallasi - Xalqobod qishlog‘i" (Nurobod tumani)

Yo‘nalishli taksi

17. 

SHYT- 472

Vatak qishlog‘i - Jartepa qo‘rg‘oni
(Urgut tumani)

Yo‘nalishli taksi

18. 

SHYT- 474

Jartepa  qishlog‘i – G’ijduvon mahallasi

Yo‘nalishli taksi

19. 

SHYT- 487

Juma ABB - Qumariq qishlog‘i
(Pastdarg‘om tumani)

Yo‘nalishli taksi

20. 

SHYT- 490

Oqmachit mahallasi - Urgut yuqori bozor

Yo‘nalishli taksi

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi (99 000 so‘m) miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

 

Ma'lumot uchun telefon: (+99871)  202-05-00(234).