Haydovchiga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi

01.11.2023

#Munosabat

 Joriy yilning 27-oktyabr kuni Samarqand_live Telegram kanalida 35-raqamli “Hazora ABB - Qorasuv massivi” shahar avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi, davlat raqami belgisi 30 679 LBA bo‘lgan transport vositasi haydovchisining xatti-harakatlari yuzasidan murojaat e’lon qilindi.

 Murojaatda aytib o‘tilgan holat - avtobus haydovchisining bekatda uzoq vaqt sababsiz to‘xtab qolishi, yo‘lovchilarning vaqtini behuda sarflagani, ularga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lganligi yuzasidan tashuvchi korxona rahbar va xodimlari o‘rtasida muhokama qilindi.

 Unda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish, yo‘lovchilar bilan samimiy munosabatda bo‘lish, bekatlarda belgilangan vaqtdan ortiqcha to‘xtab qolmaslik har bir haydovchiga tushuntirildi. Jamoat transporti haydovchisiga qo‘yilgan talablarga so‘zsiz rioya qilish yuzasidan barcha birdek qat’iy ogohlantirildi.

 

“Dilshodtransservis” MCHJ tasarrufida bo‘lgan, 35-raqamli “Hazora ABB - Qorasuv massivi” shahar avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi, davlat raqami belgisi 30 679 LBA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi F.A.ga qonunchilikda belgilangan tartibda rasman “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanildi.

 Samarqand viloyati transport boshqarmasi