#Sifatli transport xizmatini ko‘rsatish yo‘lida

02.04.2024

Viloyat transport boshqarmasida Samarqand shahrida yo‘lovchilarga avtobuslarda transport xizmatini ko‘rsatuvchi avtokorxonalar rahbarlari ishtirokida yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish masalasida tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, transport vositalarida sanitariya qoidalariga so‘zsiz rioya etish, quvib o‘tish qoidalarini buzish, kimo‘zarga poyga qilish kabi noxush holatlarga chek qo‘yish bo‘yicha korxona rahbarlariga tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida zamonaviy talablar asosida jihozlangan yangi past sathli avtobuslar xarid qilish, yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari uchun o‘tkazilayotgan tenderlarda qatnashish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish davomida ko‘rsatib o‘tilgan muammolarni bartaraf etish uchun har bir avtokorxona rahbari mas’ul etib belgilandi. Viloyat transport boshqarmasi xodimlari korxonalar kesimida doimiy o‘rganishlar olib borishi belgilab qo‘yildi.