Sifatli transport xizmatini ko‘rsatish yo‘lida


Tashuvlarda xizmat sifatini oshirish borasida viloyat transport boshqarmasi xodimlari tomonidan avtokorxonalarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Navbatdagi o‘rganish ishlari “AZIZ AVTO YO`LOVCHI TRANS” MCHJda olib borildi. Unda avtokorxonaga tegishli avtobuslarning ichki va tashqi tomonidan tozaligi, o‘rindiqlarning yetarli darajada va ozodaligi o‘rganildi. Shuningdek, haydovchilar o‘rtasida jamoat transportining bugungi holati muhokama etildi. Muhokama chog‘ida yo‘lovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘luvchi omillarga chek qo‘yish, jamoat transportida sifat darajasini oshirish zarur ekanligi ta’kidlandi.
Shu bilan birgalikda haydovchilik madaniyati va etikasi hamda yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi