Yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari uchun ochiq elektron tender!

15.04.2024

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi. Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2024-yil 17-may kuni o‘tkaziladi.

Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2024-yil 16-may soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

Tenderga qo‘yilgan lotlar: 

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

 

 

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

 

1. 

SHYT-261

Bulung‘ur ABB - Kattaqishloq mahallasi

Yo‘nalishli taksi

2. 

SHYT-272

Oqsoy qishlog‘i (Nurobod tumani) – Samarqand tuman shifoxonasi

Yo‘nalishli taksi

3. 

SHYT-291

Jomboy shahri - Qiyot qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

4. 

SHYT-302

Ulus qishlog‘i - Nurobod ABB

Yo‘nalishli taksi

5. 

SHYT-314

Jomboy dehqon bozori - Bulung‘ur ABB

Yo‘nalishli taksi

6. 

SHYT-320

Payariq ABB – Oqqo‘rg‘on qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

7. 

SHYT-321

Chelak shahri - Yangiobod mahallasi

Yo‘nalishli taksi

8. 

SHYT-369

Payariq ABB - Xalqobod qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

9. 

SHYT-371

Juma ABB – Markaziy shifoxonasi

Yo‘nalishli taksi

10. 

SHYT-403

Hazora ABB - Qoraguppa qishlogi
(Pastdarg‘om tumani)

Yo‘nalishli taksi

11. 

SHYT-412

Loyish shaharchasi – Bobur xo‘jaligi (Oqdaryo tumani)

Yo‘nalishli taksi

12. 

SHYT-416

Ulug‘bek rasadxonasi - Urgut ABB

Yo‘nalishli taksi

13. 

SHYT-418

Nurobod ABB – Jom qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

14. 

SHYT-420

Payariq ABB - Dehqonobod mahallasi

Yo‘nalishli taksi

15. 

SHYT-422

Sariqul mahallasi (16 maktab) - Nurobod ABB

Yo‘nalishli taksi

16. 

SHYT-451

Oqtepa mahallasi – Sultonobod qo‘rg‘oni 
(Paxtachi tumani)

Yo‘nalishli taksi

17. 

SHYT-459

Nurobod mahallasi - AYOQSH (Samarqand tumani)

Yo‘nalishli taksi

18. 

SHYT-473

Raxmatobod mahallasi – Jartepa qishlog‘i
(Urgut tumani)

Yo‘nalishli taksi

19. 

SHYT-490

Oqmachit mahallasi-Urgut yuqori bozor

Yo‘nalishli taksi

 

 

Shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

 

20. 

SHYT-538

Jom qishlog‘i - Xo‘ja Ahrori Valiy ziyoratgohi

Yo‘nalishli taksi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).