Tashuvlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun nazorat tadbirlari


Viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida “Yuqori nuqta” yo‘l patrul xizmati maskanida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirda tashuvlarni amalga oshirish uchun meyoriy hujjatlarning mavjudligi, avtobuslarda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish qurilmalariz ya’ni taxograflarning mavjudligiga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, nazorat davomida ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini aniqlash maqsadida yo‘lovchilarning fikrlari o‘rganilib borilmoqda.