26-raqamli “Qorasuv massivi – Ipak yo‘li bozori” shahar avtobus yo‘nalishida o‘zgarish

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “Obod maskan” mahallasida yangi, 26-raqamli “Qorasuv massivi – Ipak yo‘li bozori” shahar avtobus yo‘nalishida avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan edi.
Hududda xizmat ko‘rsatish sohasining, ya’ni yangi avtobus yo‘nalishining yo‘lga qo‘yilishi aholi uchun bir qator imkoniyatlar yaratgandi.
Mazkur hududda istiqomat qiluvchi ishchi-xodimlarning takliflari e’tiborga olinib, yo‘nalishga o‘zgartirishlar kiritildi. Usta Umar Jo‘raqulov nomi ataluvchi ko‘chada joylashgan "SAMARKAND APPAREL" xorijiy korxonasi MCHJda mehnat qilayatgan “Obod maskan”liklarga qulayliklar yaratish maqsadida 26-raqamli “Qorasuv massivi – Ipak yo‘li bozori” shahar avtobus yo‘nalishi Samarqand shahridagi 65-maktabga qadar uzaytirildi.
Samarqandda transport jozibadorligini oshirish, hududlarni jamoat transporti qamrovi bilan ta’minlash ishlari davom ettiriladi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati