Shahar atrofi avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari uchun navbatdagi ochiq elektron tender!

10.05.2024

Hurmatli tadbirkorlar! Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi. Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2024-yil 11-iyun kuni o‘tkaziladi.

Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2024-yil 10-iyun kuni soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

Tenderga qo‘yilgan lotlar: 

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

SHAHAR ATROFI AVTOBUS YO‘NALISHLARI

1

SHAY-226

Shohi Zinda ABB – Navro‘ztepa qishlog‘i (Jomboy tumani)

Avtobus

2

SHAY-293

Bulung‘ur ABB - Niyozmat qishlog‘i (Bulung‘ur tumani)

Avtobus

SHAHAR ATROFI YO‘NALISHLI TAKSI YO‘NALISHLARI

1. 

SHYT-201

Siyob ABB - Oqmachit - Shirinobod mahallasi

Yo‘nalishli taksi

2. 

SHYT-204

Sochak qishlog‘i (Toyloq tumani) - Siyob ABB

Yo‘nalishli taksi

3. 

SHYT-222

Sattepo maskani - Mehrobod qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

4. 

SHYT-224

Chandir qishlog‘i (Pastdarg‘om tumani) – Hazora ABB

Yo‘nalishli taksi

5. 

SHYT-226

Bulung‘ur ABB - Qoraariq qishlog‘i (Bulung‘ur  tumani)

Yo‘nalishli taksi

6. 

SHYT-248

Bulung‘ur ABB - Xo‘jabachcha mahallasi (Bulung‘ur tumani)

Yo‘nalishli taksi

7. 

SHYT-249

Bulung‘ur ABB – Navoiy mahallasi (Bulung‘ur  tumani)

Yo‘nalishli taksi

8. 

SHYT-295

Bulung‘ur ABB - Changal mahallasi (Bulung‘ur tumani)

Yo‘nalishli taksi

9. 

SHYT-331

Esaboy qishlog‘i (Pastdarg‘om tumani) - Hazora ABB

Yo‘nalishli taksi

10. 

SHYT-341

Hindiboy qishlog‘i - Juma ABB (Pastdarg‘om tumani)

Yo‘nalishli taksi

11. 

SHYT-344

Hazora ABB - Paxta qabul qilish punkti (Pastdarg‘om tumani)

Yo‘nalishli taksi

12. 

SHYT-356

Juma ABB - Do‘rmontepa mahallasi (Pastdarg‘om tumani)

Yo‘nalishli taksi

13. 

SHYT-396

Bulung‘ur ABB - Qirqshodi mahallasi (Bulung‘ur tumani)

Yo‘nalishli taksi

14. 

SHYT-397

Bulung‘ur ABB - Niyozmat qishlog‘i (Bulung‘ur tumani)

Yo‘nalishli taksi

15. 

SHYT-402

Bulung‘ur ABB - Tig‘iriq qishlogi (Bulung‘ur  tumani)

Yo‘nalishli taksi

16. 

SHYT-462

Sevinch restorani - Yangiariq qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

17. 

SHYT-476

Vorsin qishlog‘i (Toyloq tumani) - O‘rtashiq qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

18. 

SHYT-488

Do‘stlik mahallasi – Juma ABB (Pastdarg‘om tumani)

Yo‘nalishli taksi

19. 

SHYT-494

Tuqal qishlog‘i (Toyloq tumani) – Siyob ABB

Yo‘nalishli taksi

20. 

SHYT-498

1-sonli maktab (Pastdarg‘om tumani) - Juma ABB

Yo‘nalishli taksi

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).