Shahar atrofi avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari uchun ochiq elektron tender!

21.05.2024

Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2024-yil 23-iyun kuni o‘tkaziladi.

Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2024-yil 22-iyun soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.

Samarqand viloyati aholisini jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi.

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

Tenderga qo‘yilgan lotlar: 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari

 

1. 

SHAY-262

Bulung‘ur elektr tarmoqlari - Beshqo‘ton qishlog‘i

Avtobus

2. 

SHAY-279

Bulung‘ur ABB - Dos‘tlik xo‘jaligi

Avtobus

3. 

SHAY-301

Tibbiyot kolleji - Shohi Zinda ABB

Avtobus

4. 

SHAY-316

Bulung‘ur ABB - Shohi Zinda ABB

Avtobus

5. 

SHAY-465

Shohi Zinda ABB – Navoiy xo‘jaligi

Avtobus

6. 

SHAY-404

Lazzat choyxonasi - Shohi Zinda ABB

Avtobus

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

7. 

SHYT - 220

Sattepo maskani - Gulobod eko agro logistika bozori

Yo‘nalishli taksi

8. 

SHYT - 235

Qo‘shko‘prik mahallasi - Gulobod eko agro logistika bozori

Yo‘nalishli taksi

9. 

SHYT - 254

Fayzobod qishlog‘i - Siyob ABB

Yo‘nalishli taksi

10. 

SHYT - 256

Maroqand bozori – Ohalik qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

11. 

SHYT - 270

Ziyovuddin shaharchasi-Mirbozor ABB

Yo‘nalishli taksi

12. 

SHYT - 275

Ziyovuddin shaharchasi-Qirguli mahallasi

Yo‘nalishli taksi

13. 

SHYT - 305

Juma ABB – Beklar qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

14. 

SHYT - 357

Juma ABB - Qorayantoq qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

15. 

SHYT - 358

Juma ABB - Qorasuv qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

16. 

SHYT - 359

Juma ABB - Temiryo‘l qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

17. 

SHYT - 360

Juma ABB – Zormon qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

18. 

SHYT - 364

Siyob ABB - Pochvon qishlog‘i (Urgut tumani)

Yo‘nalishli taksi

19. 

SHYT - 370

Payariq ABB - Qo‘shrabot ABB

Yo‘nalishli taksi

20. 

SHYT - 375

Xo‘ja qishloq-Urgut ABB

Yo’nalishli taksi

21. 

SHYT - 376

Siyob ABB – Butboy qishlog‘i (Toyloq tumani)

Yo‘nalishli taksi

22. 

SHYT - 378

Samarqand tuman shifoxonasi - Navro‘z qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

23. 

SHYT - 383

Shayman bozor - G‘ubdin qishlog‘i

Yo‘nalishli taksi

24. 

SHYT - 398

Hazora ABB – Samarqand tuman markazi

Yo‘nalishli taksi

25. 

SHYT - 416

Ulug‘bek rasadxonasi - Urgut ABB

Yo‘nalishli taksi

26. 

SHYT - 422

Sariqul mahallasi (16 maktab) - Nurobod ABB

Yo‘nalishli taksi

27. 

SHYT - 433

Shohi Zinda ABB - Qorateri qishlog‘i (Oqdaryo tumani)

Yo‘nalishli taksi

28. 

SHYT - 459

Nurobod mahallasi - AYOQSH (Samarqand tumani)

Yo’nalishli taksi

29. 

SHYT - 461

Siyob ABB - “Navoiy” qishlog‘i (Urgut tumani)

Yo‘nalishli taksi

30. 

SHYT - 470

Hazora ABB – Charxin qo‘rg‘oni

Yo‘nalishli taksi

31. 

SHYT - 471

Jartepa qishlog‘i – Chubot qishlog‘i (Urgut tumani)

Yo‘nalishli taksi

32. 

SHYT - 487

Juma ABB - Qumariq qishlog‘i (Pastdarg‘om tumani)

Yo‘nalishli taksi

33. 

SHYT - 496

Tong ko‘chasi - Temurbeklar maktabi

Yo‘nalishli taksi

Shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

34. 

SHYT - 538

Jom qishlog‘i - Xo‘ja Ahrori Valiy ziyoratgohi

Yo‘nalishli taksi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).