27-raqamli shahar avtobus yo‘nalishi qayta tiklandi

23.04.2024

Shahar avtobus yo‘nalishlarini biriktirish borasida 2024-yil 9-aprel sanasida bo‘lib o‘tgan elektron tender natijalariga ko‘ra, 27-raqamli “Temiryo‘l vokzali-Qorasuv massivi” yo‘nalishida ishlash huquqini “Marokand Trans 777” MCHj qo‘lga kiritdi.

 Samarqand shahar Qorasuv massivini Temiryo‘l vokzali bilan bog‘lovchi 27-raqamli shahar avtobus yo‘nalishi yangi harakat sxemasi asosida qayta tiklandi. Ushbu yo‘nalish Temiryo‘l vokzalidan boshlanib Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Mahmud Qoshg‘ariy, Amir Temur, Shohruh Mirzo, Universitet xiyoboni, Registon, Dahbed, Motrid ko‘chalari hamda Samarqand xalqa yo‘li orqali Qorasuv massivida yakunlanadi.

 Yonalishning umumiy uzunligi 16.3 km bo‘lib, unda 7 ta avtobus 12 -15 daqiqalik interval asosida harakatlanadi. Avtobuslar elektron to‘lov tizimiga moslashtirlgan hamda GPS trekerlari orqali onlayn kuzatib boriladi.

 Mazkur yo‘nalishdagi avtobuslar qayta tiklanayotganligi sababli 23-aprel sanasidan boshlab, yangi yo‘nlaishlar tarmog‘ida mavjud bo‘lmagan 35-raqamli “Hazora ABB-Obod maskan” yo‘nalishidagi avtobusla harakati to‘xtatildi.