Shahar atrofi yo‘nalishlari uchun navbatdagi ochiq elektron tender!

28.04.2025

Hurmatli tadbirkorlar! Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi. Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.

Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda 2025-yil 3-iyun kuni o‘tkaziladi.

Unda qatnashish uchun https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2025-yil 2-iyun kuni soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.

Tenderga qo‘yilgan lotlar: 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

 

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari

SHAY-205

Urgut avtostansiyasi-Siyob avtostansiyasi

Avtobus

SHAY-209

Urgut yuqori masjid–Urgut avtostansiyasi 

Avtobus

SHAY-214

Mirbozor avtostansiyasi-Sohibkor

Avtobus

SHAY-226

Shohi Zinda ABB–Navro‘ztepa qishlog‘i (Jomboy tumani)

Avtobus

SHAY-240

Bulung‘ur avtostansiyasi–Qoraariq qishlog‘i

Avtobus

SHAY-241

Ziyovuddin qo‘rg‘oni–Qarnab qishlog‘i

Avtobus

SHAY-243

Urgut avtostansiyasi–Chep qishlog‘i

Avtobus

SHAY-253

Kattaqo‘rg‘on avtostansiyasi–Burgan qishlog‘i

Avtobus

SHAY-261

Bulung‘ur avtostansiyasi–Kattaqishloq qishlog‘i

Avtobus

SHAY-262

Bulung‘ur elektr tarmoqlari-Beshqo‘ton qishlog‘i

Avtobus

SHAY-265

Shohi Zinda ABB–Oqqo‘rg‘on qishlog‘i–Chelak shahri

Avtobus

SHAY-269

Mirbozor avtostansiyasi-Do‘rmon mahallasi

Avtobus

SHAY-273

Siyob avtostansiyasi-Jartepa qishlog‘i (Urgut tumani)

Avtobus

SHAY-282

Boshquduq mahallasi-Juma avtostansiyasi

Avtobus

SHAY-283

Juma avtostansiyasi-Usku qishlog‘i

Avtobus

SHAY-301

Shohi Zinda avtostansiyasi–Tibbiyot kolleji

Avtobus

SHAY-307

Payshanba avtostansiyasi-Ishtixon shahri

Avtobus

SHAY-308

Juma avtostansiyasi-Hazora avtostansiyasi 

Avtobus

SHAY-311

Juma avtostansiyasi-Guliston mahallasi

Avtobus

SHAY-312

Juma ABB-Temiryo‘l qishlog‘i (Oshiqota ziyoratgohi)

Avtobus

SHAY-316

Shohi Zinda avtostansiyasi-Bulung‘ur avtostansiyasi 

Avtobus

SHAY-319

Shohi Zinda avtostansiyasi–Ayg‘irbuloq qishlog‘i

Avtobus

SHAY-325

Juma avtostansiyasi-Parchaqora qishlog‘i

Avtobus

SHAY-342

Mirbozor avtostansiyasi-“Salovat ota” qishlog‘i 

Avtobus

SHAY-365

Shohi Zinda avtostansiyasi–“Amir Temur” mahallasi

Avtobus

SHAY-369

Nakurt qishlog‘i-Payariq avtostansiyasi 

Avtobus

SHAY-373

Juma avtostansiyasi-Chandir qishlog‘i

Avtobus

SHAY-378

Yangijoy mahallasi- Samarqand tuman shifoxonasi

Avtobus

SHAY-380

Urgut avtostansiyasi– Sarbozor qishlog‘i

Avtobus

SHAY-395

Shohi Zinda ABB-Qoramo‘yin qishlog‘i (Jomboy tumani)

Avtobus

SHAY-401

Urgut avtostansiyasi -Muminobod qishlog‘i

Avtobus

SHAY-402

Temiryo‘l avtostansiyasi-“Imom al-Buxoriy”

Avtobus

SHAY-410

Juma avtostansiyasi-Ilm mahallasi

Avtobus

SHAY-424

Juma avtostansiyasi-Qumariq qishlog‘i

Avtobus

SHAY-438

Mirbozor avtostansiyasi-Buston qishlog‘i 

Avtobus

SHAY-465

Shohi Zinda avtostansiyasi–“Navoiy” xo‘jaligi

Avtobus

SHAY-490

Bulung‘ur avtostansiyasi-Qoramuyin qishlog‘i

Avtobus

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq:

- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB Ipoteka bank Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma'lum qilinadi.

Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-00(234).