6 nafar talabgor ishga qabul qilindi

03.03.2022

Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan boshqarmaning 10 ta vakant lavozimlari uchun e`lon qilingan tanlovda ishtirok etish uchun 242 nafar nomzod ishlash istagini bildirgan. Qo`yilgan talablar asosida 36 nafar nomzod test sinovlarida ishtirok etdi.

Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligida bo`lib o`tgan imtihonlaridan 7 nafar nomzod keying bosqichga o`tishga muvaffaq bo`lishdi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasida mazkur ochiq tanlovning navbatdagi - suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligida belgilangan malaka talablari va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ishtirok etdi.

Suhbat natijalariga ko`ra, 6 nafar talabgor ishga qabul qilindi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati