63 ta yoʼnalish faoliyati vaqtincha toʼxtab qolgan

02.11.2021

Joriy yilning 1-noyabr holatiga viloyatda 395 ta yoʼlovchi tashish yoʼnalishlari, yaʼni 206 ta avtobus va 189 ta yoʼnalishli taksi yoʼnalishlari mavjud. Shundan 332 ta yoʼnalishda 724 ta avtobus, 2157 ta Damas va mikroavtobuslar aholiga transport xizmati koʼrsatib kelmoqda. 63 ta yoʼnalish faoliyati vaqtincha toʼxtab qolgan. Buning sababi ushbu yoʼnalishlar past rentabelli yoʼnalish hisoblanib, harakatdagi transport vositalari oʼz sarf-xarajatlarini qoplamaganligi sababli tadbirkorlar tomonidan toʼxtatilgan.

Samarqand shahrida mavjud 61 ta yoʼlovchi tashish yoʼnalishlaridan bugungi kunda 38 ta avtobus yoʼnalishlarida 386 ta avtobus va 2 ta yoʼnalishli taksi yoʼnalishida 28 ta mikroavtobuslar xizmat koʼrsatayotgan boʼlsa, qolgan 19 ta yoʼnalish faoliyati vaqtincha toʼxtab qolgan.

Shahar atrofida 296 ta yoʼnalish mavjud boʼlib, 118 avtobus va 178 ta yoʼnalishli taksi yoʼnalishlari mavjud. Hozirda 17 ta yoʼnalish past rentabelli boʼlgani uchun toʼxtagan. Ushbu yoʼnalishlar qayta tenderga qoʼyilgan.

Shaharlararo viloyat ichki yoʼnalishlarida 38 ta yoʼnalish mavjud boʼlib, bular 31 ta avtobus hamda 7 ta yoʼnalishli taksi yoʼnalishlaridir. Shundan 9 ta avtobus va 5 ta yoʼnalishli taksi yoʼnalishi vaqtincha vaqtincha toʼxtab qolgan.

2021-yilning 1-noyabr holatiga Samarqand viloyatida 506 ta litsenziat 646 ta litsenziya asosida faoliyat yuritmoqda va ularda jami 9123 ta litsenziyalangan avtotransport vositalari bor.

Аvtotransport vositalarini litsenziyalash borasida amalga oshirilgan ishlar:

Mavjud litsenziyalangan avtotransport vositalaridan - 724 ta avtobus, 145 ta mikroavtobus, 7578 ta yengil avtomobil, shulardan 5446 tasi yoʼnalishsiz taksi, 120 tasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Аvtomobilь transportida yoʼlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 5108-sonli qarori asosida yakka tartibda tadbirkor sifatida roʼyxatdan oʼtgan jismoniy shaxslar, 753 tasi boshqa rangli, 1728 tasi DAMAS (yoʼnalishli taksi), 284 tasi buyurtma asosida (shartnoma asosida, turizm, xizmatchi va x.k.)

Xalqaro yuk tashuvchi yoʼnalishlarda – 676 ta avtotransport vositalari faoliyat koʼrsatib kelmoqda.

2021-yilning oʼtgan davrida litsenziyalash masalalari boʼyicha jami 4249 ta arizalar kelib tushgan, ulardan 3749 tasi boʼyicha ijobiy qarorlar qabul qilingan; 431 tasi arizachi tomonidan bekor qilingan; 69 tasi boʼyicha arizachi tomonidan maʼlumotlarda notoʼgʼri yoki buzib koʼrsatilgan maʼlumotlar qayd etilganligi, litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi sababli rad etish uchun asos boʼlgan.

Ijobiy koʼrib chiqish natijalari boʼyicha 509 ta litsenziya va 13588 ta litsenziya varaqalari rasmiylashtirilgan, shu jumladan:

- yangi 504 ta litsenziya va 13064 ta litsenziya varaqasi;

- qayta rasmiylashtirilgan 5 ta litsenziya va 524 ta litsenziya varaqasi;

Litsenziyalashdan 2021-yilning oʼtgan davrida 3 844 152 846,74 (uch milliard sakkiz yuz qirq toʼrt million bir yuz ellik ikki ming sakkiz yuz qirq olti) soʼm davlat boji hamda arizalarni koʼrib chiqishdan 741 382 800,0 (etti yuz qirq bir million uch yuz sakson ikki ming sakkiz yuz) soʼm miqdorida toʼlovlar amalga oshirilgan.

Noqonuniy yoʼlovchi tashish faoliyatini qonuniylashtirishga doir:

2021-yil 1-noyabr holatiga viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda 619 marta qoʼshma reyd tadbirlari oʼtkazilishi natijasida jami 2493 ta avtomobil transportida yoʼlovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʼullanish holatlari aniqlangan. Ularga belgilangan tartibda, yaʼni Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 176 moddasi 3 bandiga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora koʼrish uchun tegishli tartibda sudlarga yuborilgan.

Sudlarga yuborilgan maʼmuriy huquqbuzarlik holatlari boʼyicha sudlar tomonidan jami 1.387.5 (Bir milliard uch yuz yetmish sakson yetti ming besh yuz) soʼm miqdorida jarima jazolari tayinlangan. Bundan tashqari, oʼtkazilgan reydlar davomida noqonuniy yoʼlovchi tashish bilan shugʼullanuvchi transport vositalarining 1642 tasi faoliyatini qonuniylashtirgan.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati