63 ta yo‘nalish faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan


Joriy yilning 1-oktabr holatiga viloyatda 395 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari mavjud. Shundan 345 ta yo‘nalishda 623 ta avtobus va 1833 ta Damas va mikroavtobuslar aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 63 ta yo‘nalish faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan. Buning sababi ushbu yo‘nalishlar past rentabelli yo‘nalish hisoblanib, harakatdagi transport vositalari o‘z sarf-xarajatlarini qoplamaganligi sababli tadbirkorlar tomonidan to‘xtatilgan.
Samarqand shahrida mavjud 61 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlaridan bugungi kunda 38 ta avtobus yo‘nalishlarida 384 ta avtobus va 2 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishida 28 ta mikroavtobuslar xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, qolgan 20 ta yo‘nalishlar faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan.
2021-yilning 1-oktabr holatiga Samarqand viloyatida 459 ta litsenziat 614 ta litsenziya asosida faoliyat yuritmoqda va ularda jami 8800 ta litsenziyalangan avtotransport vositalari bor.
Mavjud litsenziyalangan avtotransport vositalaridan:
700 ta avtobus, shu jumladan 623 tasi muntazam yo‘nalishda, 77 tasi buyurtma asosida (turizm, xizmatchi);
141 ta mikroavtobus, 121 tasi muntazam yo‘nalishda, 20 tasi buyurtma asosida (turizm);
7292 ta yengil avtomobil, shulardan 5153 tasi yo‘nalishsiz taksi, 1714 tasi DAMAS (yo‘nalishli taksi), 350 tasi buyurtma asosida (shartnoma asosida, turizm, xizmatchi va x.k.) yo`lovchilarga xizmat ko`rsatsa, qolgan 75 tasi yakka tartibdagi tadbirokor sifatida ro‘yxatdan o`tib, o`zini ish bilan ta`minlagan fuqarolarga tegishli.
Xalqaro yuk tashuvchi yo‘nalishlarda – 667 ta avtotransport vositalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Joriy yilning 1 oktabriga qadar “Shahar, shahar atrofi va shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi”ning to‘qqiz marotaba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Aholiga qulay bo‘lgan transport yo‘nalishlarini tashkil qilish maqsadida o‘tkazilgan ochiq tenderlarda jami 88 ta yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishlarga 70 ta avtobus hamda 18 ta yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari joylashtirildi. Shundan qishloqlarni tuman markazlari bilan hamda tuman markazlarini viloyat markazlari bilan bog‘laydigan jami 37 ta yangi yo‘nalishlar tashkil qilindi. Jumladan, 25 ta yo‘nalishli taksi va 12 ta avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi.
Xuddi shu o‘rinda yana bir ma’lumot: Shahar atrofida, shaharlararo (viloyatlar ichida, viloyatlararo) va xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar onlayn tarzda amalga oshirish bo‘yicha elektron dastur ishlab chiqildi. Tenderlarning elektron tarzda onlayn ko‘rinishida o‘tkazilishi tizimda korrupsion holatlarning oldini olib, shaffoflikni ta’minlaydi.
2021-yil 1-oktabr holatiga viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda 574 marta qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilishi natijasida jami 2333 ta avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish holatlari aniqlangan. Ularga belgilangan tartibda, ya’ni MJtKning 176 3 moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli tartibda sudlarga yuborilgan.
Sudlarga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha sudlar tomonidan jami 1.331.5 mln.so‘m jarima jazolari tayinlangan. Bundan tashqari, o‘tkazilgan reydlar davomida noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi transport vositalarining 1493 tasi faoliyatini qonuniylashtirgan.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati