74-sonli yo‘nalishdagi avtobuslar uchun Siyob ABB (Kaptarxona) vaqtinchalik oxirgi bekat etib belgilandi

Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i R.Tojiyev boshchiligidagi ishchi guruh hamda “Marokand Trans 777” MCHJ rahbariyati Panjakent ko‘chasining Rajabamin mahallasi hududidan o‘tgan qismida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli vaqtinchalik transport vositalari harakati to‘xtatilganligi mahalla raisi va faollari ishtirokida muhokama qilindi.
Muhokama chog‘ida mazkur ko‘cha vaqtinchalik yopilganligi sababli 74-sonli “Sartepa maskani - М-39 Samarqand halqa yo‘li (Toyloq halqa yo‘li)” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobuslar chizmasida o‘zgartirish kiritilganligi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, 74-sonli yo‘nalishdagi avtobuslar uchun Siyob ABB (Kaptarxona) vaqtinchalik oxirgi bekat etib belgilandi. Sababi 74-sonli yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi o‘rta sig‘imli avtobuslar mahalla ichki ko‘chalarida harakatlana olmaydi.
Ushbu davrda yo‘lovchilarga mahalla ichki ko‘chalari orqali harakatlanuvchi 217-sonli “Yangibog‘ qishlog‘i - Siyob ABB”, 225-sonli “Beklar mahallasi - Siyob ABB”, 254-sonli “Fayzobod qishlog‘i - Siyob ABB”, 364-sonli “Pochvon qishlog‘i - Siyob ABB”, 376-sonli “Butboy qishlog‘i - Siyob ABB” yo‘nalishli taksi yo‘nalishlaridan foydalanish tavsiya etiladi.