8 – dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

07.12.2021

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati transport boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarmaning barcha xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlatimizning asosiy qonuni hisoblangan bosh Qomusimiz mazmun-mohiyati yuzasidan fikr bildirdi. Asosiy qonunimiz o‘zining tamoyillari va qoidalari bilan mamlakatimiz taqdiri, har bir insonning huquq va erkinliklarini belgilashda muhim hujjat bo‘lib hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratish Konstitutsiyamizning asosiy maqsadi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati