Adib siymosiga ehtirom

31.03.2022

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining sohadagi ustuvor vazifalar bajarilishiga qaratilgan 2022-yil uchun ish rеjasiga muvofiq Maʼrifat soatlari o‘tkazish va ular doirasida davra suhbatlari, uchrashuvlar, tadbirlar tashkil etish belgilangan.

 

Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi markaziy apparati binosida Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Unda adibning bosib o`tgan yo`li, ijodiy merosi yuzasidan tadbir ishtirokchilariga batafsil tushuncha berilib, asarlari tahlil qilindi. E`tiborlisi, Toshkent davlat transport universiteti o‘qituvchi va talabalarining adib ijodidan tayyorlagan taqdimoti barchada birdek manzur bo`ldi.

 

Videokonferens aloqa shaklida o`tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etdi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati