Aholiga transport xizmatini ko`rsatuvchi korxonalar bo`ylab press tur uyushtirildi

Aholiga jamoat transportida - avtobus, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishuv hamda xizmat sifatini oshirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar, pandemiya davrida avtotransport vositalarida zararsizlantirish - profilaktika ishlarini yo‘lga qo‘yilganligi bo‘yicha Samarqand viloyati transport boshqarmasi tomonidan jurnalist va bloger uchun Press tur uyushtirildi. Unda Samarqand shahrida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoni bo‘ldi.
Jurnalistlar dastlab “Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillariga “Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat korxonasi direktori lavozimiga Sh.Namatov hamrohlik qilib, batafsil to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Korxonada bugungi kunda 1-sonli «Temiryul vokzali-Sartepa» yo‘nalishida 10 ta tramvay vagonlari ishlamoqda. Agar statistik hisob-kitoblarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bir kunda bitta tramvay 642 nafar, jami 10 ta tramvay 6420 nafar, bir oyda jami 192600 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda Samarqand shahrida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va qurilish ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan “Temiryo‘l vokzali - Siyob dexqon bozori” yo‘nalishidagi tramvay yo‘li qayta qurilmoqda.
Press tur ishtirokchilarining ikkinchi manzili “Toirbek universal trans” ma’suliyati cheklangan jamiyati bo‘ldi. Ushbu tadbirkorlik sub’ekti 2019 yilda tashkil qilingan. Hozirda korxona tasarrufida 40 dan ziyod avtomashinalar xalqqa xizmat qilmoqda. Shuningdek, aholiga yo‘nalishsiz taksilarda sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish, yo‘lovchilarni ortiqcha urinishlardan xalos qilish maqsadida, taksi chaqiruv xizmati yo‘lga qo‘yilgan. +99878 210 07 07 raqamlari orqali yo‘lovchilar taksi buyurtma qilishlari mumkin.
Keyingi manzil “Sevinch trans servis” hamda “Alishoh trans” ma’suliyati cheklangan jamiyatida bo‘lishdi. Unda jurnalistlar avtosaroyda yaratilgan shart-sharoitlar, avtobuslarning texnik, haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayoni qiziqdi.
“Alishoh trans servis” ma’suliyati cheklangan jamiyati 2007 yilda tashkil topgan bo‘lib 2 ta shahar avtobus yo‘nalishlarida hamda 4 ta shahar atrofi yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat qiladi.
“Sevinch trans servis” ma’suliyati cheklangan jamiyati 2007 yilda tashkil topgan bo‘lib 2 ta shahar avtobus yo‘nalishlarida hamda 4 ta shahar atroi yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat qiladi.
Press tur davomida jurnalistlar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.