Aholining yo‘lovchi tashish transportiga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida yangi yo‘nalish yo‘lga qo‘yildi

Samarqand tumani, Bo‘zi mahallasi fuqarolarining talab va takliflari asosida 210-raqamli “Bo‘zi mahallasi - Samarqand tuman elektr tarmoqlari korxonasi” yo‘nalishli taksi yo‘nalishi tashkil etildi.
Ushbu yo‘nalish Bo‘zi mahallasidan boshlanib, “Xo‘ja Ahrori Vali”, O‘rtashiq, Yangihayot, Gulobod mahallalari orqali Samarqand tuman elektr tarmoqlari korxonasigacha bo‘lgan masofani qamrab oladi.
Ushbu yo‘nalishda “X.Farmon-F” MCHJ ga tegishli 10 ta Damas rusumli transport vositalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Sinov tariqasida faoliyat boshlagan ushbu yo‘nalishdagi transport vositalari 13 daqiqalik interval asosida ishlaydi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati