Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirishlar berildi

Avtotransport vositasida yo‘lovchi tashishni tartibga solish maqsadida viloyat transport boshqarmasi hamda IIB JXX YHXB xodimlari hamkorlikda navbatdagi nazorat tadbirlarini olib borishdi. Bundan ko‘zlangan maqsad yo‘lovchi tashish tizimida xizmat sifatini oshirishdan iborat.
Nazorat tadbiri davomida aholiga transport xizmatini ko‘rsatuvchi avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashishga qo‘yilgan tender talablari va shartlari ijrosi o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish holatlari aniqlanganda ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tarzda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati