Asossiz ravishda yo`l kira narxlarini oshirmaslik bo`yicha tavsiyalar berilmoqda

Viloyat transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarda yo‘lovchi tashishga qo‘yilgan talablar ijrosi nazoratga olingan.
Bunda tashuvchilarning litsenziya talab va shartlariga amal qilishi, tender kontrakti talablarining bajarishilishi, avtobuslarda taxograf, tender guvohnomasi, litsenziya varaqasi, avtotransport vositasining texnik va haydovchining tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi yuzasidan qaydlar mavjudligiga ham e’tibor qaratilayotir.
Nazorat tadbirlari davomida haydovchilarga yo`l harakati qoidalariga qat`iy amal qilish, asossiz ravishda yo`l kira narxlarini oshirmaslik bo`yicha tavsiyalar berib borilmoqda.
Samarqand viloyati transporti boshqarmasi Axborot xizmati