"ATTO" Samarqandda

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi "Umumiy foydalaniladigan transportda yo’lovchi tashishda yo’lkira haqini to’lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to’g’risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqandda “Tezkard” elektron to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi. Biroq, o‘tkazilgan kuzatuvlar, yo‘lovchilardan tushayotgan murojaatlardan bilish mumkinki, tizim o‘zini oqlamadi.
Mazkur masalaga yechim topish, jamoat transportida naqd pulsiz to‘lov tizimini rivojlantirish maqsadida Samarqand shahrida mavjud avtobuslarga "Avtomatlashtirilgan transport to'lov tizimi operatori" MCHJ bilan hamkorlikda yangi validatorlar o‘rnatilmoqda.
Ushbu tizimning oldingisidan farqi validatorlar bevosita avtobus saloniga o‘rnatiladi.
Hozirda barcha avtobuslarga mazkur validatorlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
O‘rnatish ishlari yakuni bilan batafsil ma’lumot beramiz.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati