Avgust oyidan boshlab 445-raqamli “Siyob ABB - Omonqo‘ton qishlog‘i” shahar atrofi avtobus yo‘nalishida transport vositalarining qatnovi qayta tiklanadi

20.07.2023

#Munosabat

 

Joriy yilning 17-iyul sanasida Zarnews.uz saytida “Qoratepa-Samarqand” yo‘nalishida avtobus nega qatnamay qo‘ydi?” sarlavhasi ostida murojaat e’lon qilindi.

 

Haqiqatan ham 2023-yilning iyun oyiga qadar 445-raqamli “Siyob ABB - Omonqo‘ton qishlog‘i” shahar atrofi avtobus yo‘nalishida 1 ta transport vositasi Urgut tumani, Qoratepa va Omonqo‘ton mahallalarini Samarqand shahri bilan bog‘lagan.

 

Mazkur yo‘nalishda “Avtotrans Urgut” MCHJga tegishli avtobuslar aholiga xizmat ko‘rsatib kelgan.

 

Viloyat transport boshqarmasi yo‘lovchilarning murojaatini ijobiy hal qilish, 445-raqamli “Siyob ABB - Omonqo‘ton qishlog‘i” shahar atrofi avtobus yo‘nalishida transport vositalarining qatnovini qayta tiklash maqsadida qatnovning to‘xtash sabablarini o‘rganib chiqdi.

 

Bunda tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan yo‘lovchilarga transport xizmatini ko‘rsatish holatlari ko‘payganligi sabab avtobusdan foydalanuvchilar soni keskin kamayib ketgan. Viloyat transport boshqarmasi tomonidan mazkur yo‘nalishda avtobus qatnovini tiklash uchun barcha zaruriy ishlar amalga oshirilmoqda.

 

“Avtotrans Urgut” MCHJ rahbariyatining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyidan boshlab 445-raqamli “Siyob ABB - Omonqo‘ton qishlog‘i” shahar atrofi avtobus yo‘nalishida transport vositalarining qatnovi qayta tiklanadi.

 

Samarqand viloyati transport boshqarmasi